“Bavariya”da “Real” bilan to‘qnashuv oldidan katta yo‘qotish yuz berdi

  • 10.04.2026 21:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bundesliganing amaldagi g'olibi “Bavariya” mavsumning muhim pallasida katta yo'qotishga duch keldi. Myunxenliklarning muhim o'yinchisi Lennart Karl jarohat olib safdan chiqdi.

Myunxen klubi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, 18 yoshli futbolchida o'ng son orqa qismi mushaklarining cho'zilishi aniqlandi. U bir muddat maydondan chetda qoladi, ammo tiklanish muddati aniq aytilmagan.

Joriy mavsumda Karl barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Joriy chempionatda yetakchilik qilayotgan “Bavariya” navbatdagi o'yinni 11 aprel kuni safarda “Sankt-Pauli”ga qarshi o'tkazadi.

Shuningdek, 16 aprelga o'tar kechasi myunxenliklar o'z maydonida Chempionlar ligasi chorak finali javob o'yinida Madridning “Real” jamoasini qabul qiladi. Raqib maydonidagi ilk uchrashuvda “Bavariya” 2:1 hisobida g'alaba qo'zongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!