"Bavariya"ga PSJ futbolchisi kerak

  • 05.08.2021 15:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubining markaziy himoyachisi Tilo Kerer faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

24 yoshli futbolchiga "Bavariya" jiddiy qiziqib qolgan. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda. Nemis grandi uni Niklas Zyulega munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Kerer o‘tgan mavsum PSJ safida jami 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda.

PSJ o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Bavariya” Bundesligada chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!