"Bavariya"ni boshqarish uchun asosiy nomzod ma’lum

  • 24 mart, 2023, 02:12
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
CHERY AUTO

"Bavariya" bosh murabbiyi Nagelsmann ishdan bo‘shatilishga juda yaqin. Uning o‘rniga kelishi  mumkin bo‘lgan murabbiylar ma’lum bo‘lmoqda. Asosiy nomzod sifatida Tomas Tuxel tilga olinmoqda. 

Tecno

Tomas 2022 yil sentyabrdan beri ishsiz yuribdi. U "Chelsi"dan ketganidan keyin o‘ziga yangi jamoa tanlashda shoshilmadi. Tuxel "Real"ni boshqarishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar orasida ham mavjud. Ammo endilikda 49 yoshli nemis Germaniyaga qaytish ehtimoli yuqori. 

Ma’lumot uchun, "Bavariya" Bundesligada 2-o‘rinda bormoqda. Shuningdek, myunxenliklar EChL chorak finalida "Manchester Siti"ga qarshi maydonga chiqadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!