
"Bavariya"ning 2 asosiy futbolchisi safga qaytdi
Ertaga Germaniya Bundesligasi 23-turi doirasida "Bavariya" o‘z uyida "Kyoln" klubini mehmon qiladi. O‘yindan oldingi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Xans Diter-Flik jarohatdagi futbolchilarning qaytishi borasida aniq fikrni aytdi. Unga ko‘ra, koronavirusga chalinganligi bois karantinda saqlanayotgan Tomas Myuller hamda jarohati bois o‘yinlarga qatnashmayotgan Serj Gnabri ertangi o‘yinlar uchun qaydnomaga kiritiladi. Bundan tashqari, Tiagu Dantash ham jarohatidan forig‘ bo‘lib, tarkibga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" va "Kyoln" jamoalari o‘rtasidagi 1-davra uchrashuvi myunxenliklarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Fikrlar