"Bavariya"ning asosiy himoyachisi noma’lum muddatga safdan chiqdi

  • 5 oktabr, 2019, 12:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi David Alaba noma’lum muddatga safdan chiqdi.

Eslatib o‘tish lozimki, avstriyalik futbolchi EChL guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan “Tottenxem”ga (2:7) qarshi o‘yinda kuchli og‘riq sabab zaxiraga olingan edi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha Alabaning qovurg‘asida yoriq paydo bo‘lgan. Shu bois u bugun Bundesliganing navbatdagi turidan o‘rin olgan “Xoffenxaym”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumot uchun, "Bavariya" - "Xoffenxaym" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!