"Bavariya"ning hujumchi bo‘yicha tanlovi aniq

  • 18 oktabr, 2022, 20:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” Robert Levandovski ketganidan so‘ng tarkibni top hujumchi bilan boyitishga harakat qilmoqda.

Hozircha Xarri Keyn polyakning o‘rnini bosish uchun asosiy da’vogar hisoblanmoqda. Germaniyaning “TZ“ nashri tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, nemis klubi strayker uchun 88 million funt sterling sarflashga tayyor.

29 yoshli hujumchining“Tottenxem” jamoasi bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Uning ayni paytdagi transfer narhi 90 million evroni tashkil etadi.

Keyn ushbu mavsum barcha chempionatlarda 14 ta o‘yinda 10 ta gol va 2ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!