"Bavariya"ning "ishqi" 17 yoshli frantsiyalik futbolchiga tushdi

  • 7 iyul, 2022, 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Bavariya" "Renn" yarim himoyachisi Mattias Telga qiziqish bildirmoqda, deb yozdi jurnalist Kristian Falk o‘zining tvitter sahifasida.

Manba bergan xabarga ko‘ra, nemis grandi 17 yoshli frantsiyalik futbolchini joriy yozgi transfer oynasida sotib olmoqchi. "Bavariya" allaqachon iqtidorli yarim himoyachi uchun 7 million evro va bonus sifatida yana 10 million evro taklif qilgan, biroq "Renn" futbolchini sotishdan bosh tortgan. Hozir myunxenliklar o‘z takliflarini yanada yaxshilashga tayyorlanmoqda.

Mattias Tel 2021 yildan buyon «Renn»da o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida asosiy jamoa safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. U Frantsiyaning U18 terma jamoasida oltita o‘yin o‘tkazgan va beshta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!