"Bavariya"ning muhim futbolchisi safdan chiqdi

  • 22 mart, 16:46
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer yakka tartibdagi mashg‘ulotlarni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bunga 38 yoshli darvozabonning mushak jarohati sabab bo‘lgan. Posbon mashg‘ulot jarayonlaridan birida shikastlandi.

Tecno

Bundesliganing joriy mavsumida Noyer 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol o‘tkazib yubordi. 11 ta uchrashuvda esa Manuel darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.

Mashhur darvozabon 2011 yilning yozidan beri Myunxen jamoasida to‘p tepib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2026 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Uning transfer qiymati to‘rt million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!