
“Bavariya”ning yarim tarkibi boshqa klubga o‘tyapti
Bir yillik tanaffusdan so‘ng Bundesliga chempionligini qaytarib olgan “Bavariya” tarkibida ham yangilanishlar va jiddiy o‘zgarishlari boshlandi.
Mavsum yakunlanganidan keyin Turkiya chempioni “Galatasaroy” Germaniya chempionidan Leroy Saneni transfer qildi. Nemis hujumchisi kelasi uch yil davomida Istanbul klubi sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.
Endi istanbulliklar “Bavariya”ning yana to‘rt nafar futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallab turibdi. Manbalarda qayd etilishicha, turklarga Sashe Boe, Leon Goretske, Kim Min Dje va Kingsli Koman kerak.
“Galatasaroy” uchun o‘tgan mavsum ichki musobaqalarda muvaffaqiyatli o‘tdi. Istanbulliklar mamlakat chempionatida g‘olib chiqishdan tashqari Turkiya kubogini ham o‘zini qildi. Biroq xalqaro maydonda Evropa Ligasidagi yurishini ancha erta 1/16 finalda to‘xtatdi.
Fikrlar