Baxtiyor Ashurmatov: 4:0 hisobi bizning zo‘r o‘ynaganimizni anglatmaydi

  • 19 iyun, 2020, 21:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Ochig‘i, bugungi bahs qiyin o‘tdi. Murabbiy sifatida birinchi taymdagi o‘yinimizdan qoniqmadim. Tajmurad Agamuradov qo‘l ostida «Qizilqum» ancha o‘sishga erishgan. 4:0 hisobi bizning ulkan ustunligimizni anglatmaydi. Navoiyliklar gol o‘tkazib yuborgach, o‘yinda ancha pastlash kuzatildi. Bugungi o‘yin birinchi golgacha edi va bizning hisobni ochganimiz g‘alabamizda asosiy omil bo‘ldi.

Futbolni muxlislarimiz juda sog‘inishgandi. Afsuski, ular bugun maydonda biz bilan birga bo‘la olishmadi. Shunday bo‘lsa ham ularni g‘alaba bilan tabriklayman.

Tachmurad Agamuradovni bemalol ustozim, deb atasam bo‘ladi. Shamaqovichga kelgusi o‘yinlarda omad tilayman", - deydi "Qo‘qon-1912" klubi bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!