
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Yurtimizda ilk bor o‘tkazilayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Samarqandda start olgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha dunyo birinchiligining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov va Xalqaro kanoe federatsiyasi prezidenti Tomas Koniesko ishtirok etishdi.
Rasmiylar mamlakatimiz bunday nufuzdagi musobaqani birinchi marotaba qabul qilayotgan bo‘lsa ham, unga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rganiga urg‘u berishdi. Shuningdek, ushbu majmua Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlari doirasidagi eshkak eshish bahslarini yuqori darajada o‘tkaza olishi alohida ta’kidlandi.
Musobaqa startidan avval ishtirokchi davlatlar va atletlar sonida o‘zgarish bo‘lib, unda 52 davlatdan 284 sportchi sovrinli o‘rinlar uchun startga chiqishi belgilandi. Bugun bir qator dasturlarda saralash bahslari o‘tkazildi. Ertaga tushdan so‘ng dastlabki medallar jamlanmasi o‘z egalariga topshiriladi.
Fikrlar