
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha terma jamoamiz Jahon kubogining ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi
29 maydan 2 iyungacha Germaniyaning Duysburg shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada terma jamoamiz vakillari ham asosiy tarkib bilan ishtirok etishadi.
15 nafar sportchidan iborat O‘zbekiston terma jamoasi bugun Duysburg shahriga yo‘l oldi. Musobaqada ishtirok etuvchi hamyurtlarimiz orasida Aleksey Mochalov, Vadim Menkov, Gerasim Kochnev, Artur Guliev, Dilnoza Rahmatova, Nilufar Zokirova kabi etakchi vakillarimizni ham ko‘rish mumkin. Tarkib quyidagicha:
Baydarka: Aleksey Mochalov, Shohruhbek Azamov, Shaxriyor Mahkamov, Vilyam Ibragimov, Javoxir Nurmatov, Odilbek Qayumov, Yuliya Borzova, Ekaterina Shubina.
Kanoe: Elyorjon Mamadaliev, Dilnoza Raxmatova, Bekzodbek Umaraliev, Vadim Menkov, Gerasim Kochnev, Artur Guliev, Gulbahor Fayzieva, Nilufar Zokirova, Nikolay Lipkin.
Murabbiylar: Aleksandr Ponomaryov, Rustam Mirzadiyorov, Vyacheslav Sergeev, Vyacheslav Shubin.
Manba: MOQ
Fikrlar