
"Bayer" joriy mavsum hech bir turnirda mag‘lub bo‘lmadi!
"Bayer" o‘zining mag‘lubiyatsiz seriyasini 37 taga etkazib qo‘ydi.
Xabi Alonso boshchiligidagi jamoa Evropa ligasi doirasi "Qorabog‘"ga qarshi bellashuvda 3:2 hisobida zafar quchdi. Leverkuzenliklar 2:0 hisobida mag‘lub bo‘layotgan qiyin vaziyatdan chiqib ketib, yakunda hisobni o‘zlari foydasiga hal qildi.
Nemis klubi 27 maydan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Joriy mavsumda ular 32 bellashuvda g‘alaba qozondi va 5 o‘yinni durang bilan yakunladi.
Fikrlar