"Bayer"da ten Xagning o‘rnini kim egallaydi?

  • 7 sentabr, 12:59
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus"ning sobiq bosh murabbiyi Tiago Motta "Bayer"ni boshqarishi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Tecno

Jurnalistning ma’lum qilishicha, vositachilar leverkuzenliklarga 42 yoshli italiyalik nomzodni taklif qilishgan, ammo klubning javobi hozircha noma’lum.

"Bayer"ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag 1 sentyabr kuni nemis klubi tomonidan iste’foga chiqarilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Tiago Motta o‘tgan mavsum starti oldidan "Yuventus"ni qabul qilib olgan edi. 2023/2024 yilgi A Seriya mavsumida murabbiy "Bolonya"da ishlagan va u bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab, UEFA Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olgan. 2024 yilning yozida Motta "Yuventus" bilan har mavsum uchun 5 million evro maosh bilan uch yillik shartnoma imzoladi, ammo aprel oyida o‘z lavozimidan bo‘shatildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!