Behruz Karimov to‘p tepadigan «Lugano» raqibini 4:0 hisobida mag‘lub etdi
Shveytsariyaning «Lugano» klubi Superliganing 10-turida o‘z maydonida «Lyutsern»ni qabul qilib, yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur jamoa safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham harakat qilmoqda.
Karimov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 4-daqiqada sariq kartochka oldi. 69-daqiqada o‘zbekistonlik futbolchi raqib darvozasini ishg‘ol qildi, biroq gol ofsayd sababli bekor qilindi. 74-daqiqada himoyachi almashtirildi.
Uchrashuvda hisobni 12-daqiqada Daniel dos Santos ochdi. Ikkinchi bo‘limda Ruben Dantasning o‘z darvozasiga kiritgan to‘pi «Lugano» ustunligini oshirdi. 78-daqiqada dos Santos dubly qayd etgan bo‘lsa, 87-daqiqada Derek Monkada yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Lugano» 28 ochko bilan Shveytsariya chempionatidagi peshqadamligini mustahkamladı. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Yang Boyz» esa to‘qqizta uchrashuvdan so‘ng 19 ochko jamg‘argan.

Fikrlar