Bektemir Meliqo‘ziev va doping bilan bog‘liq bo‘lgan xabar yuzasidan tushuntirish

  • 4 may, 2021, 20:23
  • 2
  • Boks

Bugun UzNADA tomonidan Bektemir Meliqo‘zievga 4 yillik taqiq qo‘yilgani haqida xabar berildi. Ushbu xabar mazmunini ko‘pchilik o‘quvchilar noto‘g‘ri talqin qilmoqda.

Bektemir Meliqo‘ziev bilan aslida 2018 yil jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan va tabiiyki, davolanish jarayonida qabul qilgan dorilarda taqiqlangan modda aniqlangan. Shu o‘rinda, bir narsani tushunish kerak. Oddiy paratsetamol tabletkasi ham sportchilar uchun taqiqlangan moddaga ega. Va aynan o‘sha 2018 yilda Meliqo‘zievda "furasemid" moddasi topilgan. Etibor bering, bu holat 2018 yilda bo‘lgan. Shundan so‘ng, u 2020 yil 27 fevralga qadar diskvalifikatsiya qilingan edi.

Bugungi xabardan keyin esa, u ko‘pchilikda yana taqiqlangan modda iste’mol qilgan, degan tasavvur paydo bo‘lgan. Aslida mutlaqo unday emas. Bektemir Meliqo‘zievga qo‘yilgan taqiq 2020 yil 9 avgust kungi tekshiruv hulosasidan so‘ng olib tashlangan edi. Ammo 2019 yildagi nazorat sinovi topshirilmagani va bu holat taqiq davriga to‘g‘ri kelgani sabab, o‘sha muddatga ikki marta ko‘paygan holda yana 4 yil qo‘shilgan. Bitta narsaga etibor bering: bu doping iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan holat.

Qolaversa, ushbu taqiq faqatgina AIBA tomonidan qo‘yilgan. Buni professional boksga mutlaqo aloqasi yo‘q. Shuningdek, xabarda uning 2020 yildan boshlab, barcha natijalari va medallari bekor qilinadi, deyilgan. 2020 yilda esa, u havaskor boksda hech qanday musobaqalarda ishtirok etmagan. Demak unda bekor qilinadigan natijayu medalni o‘zi yo‘q. Bektemir erishgan yutuqlar Olimpiada, Osiyo va jahon chempionati medallari uning o‘zida qoladi.

Professional boksdagi faoliyatga keladigan bo‘lsak, ushbu yo‘nalishda bokschilar har bir jang oldidan doping tekshiruvidan o‘tadi. Bektemir hozirga qadar 7 ta jang o‘tkazgan. Bu u 7 marta doping tekshiruvidan toza o‘tgan, degani. Ya’ni, bugungi gaplarni professional faoliyatga mutlaqo aloqasi yo‘q. Ushbu vaziyat Meliqo‘zievning professional boksdagi faoliyatga hech qanday salbiy ta’sir qilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
04/05/2021 23:36
Admin kottakon rahmat qisqa va londa tushuntirish bo‘libdi gap yo‘q
Baxil Alihuja
05/05/2021 09:46
Бектемирни куллаб-кувватлаймиз!