Bektemir Meliqo‘ziev vaznida chempionlik jangi belgilanishga yaqin

  • 24.08.2026 13:57
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istonlik Janibek Alimxanuly (17-0, 12 KO) avval o‘rta vaznda jahon chempioni edi, ammo o‘tgan yil dekabrida doping-tekshiruvi musbat natija berganidan so‘ng undan kamarlar olib qo‘yilgan. Shu voqeadan keyin Alimxanuly bir yilga musobaqalardan chetlatilgan. Rasmiy diskvalifikatsiya muddati esa joriy yil 2 dekabrda tugaydi. Shunga qaramay, WBO uning diskvalifikatsiyasi hali yakunlanmasdan turib ikkinchi o‘rta vaznda majburiy da’vogarlik maqomini berdi.

Tashkilot amaldagi chempion Hamza Shiraz (24-0-1, 19 KO) va Alimxanuly jamoalariga navbatdagi chempionlik jangini tashkil etish bo‘yicha kelishib olishi uchun 3 sentyabrgacha muhlat belgiladi. Biroq aynan shu qaror Shiraz tomonidan qattiq tanqid qilindi.

"Bu kulgili holat. WBO qilgan ishi bilan boksni sharmanda qildi. Aslida ular firibgarlikda qo‘lga tushgan odamni mukofotlamoqda, hamda bunga Janibek hali ham diskvalifikatsiya muddatini o‘tab turgan paytda qo‘l urishyapti. Bu birinchi marta bo‘lganining ahamiyati yo‘q. Doping — baribir doping. Printsipial inson sifatida bu qaror men ishonadigan barcha qadriiyatlarga zid deb hisoblayman", — dedi Shiraz.

Eslatib o‘tamiz, WBO ning ikkinchi o‘rta vazn toifasi reytingida hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev 7 o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!