Bektemir Meliqo‘zievga raqib to‘pildi

  • 06.06.2019 15:38
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bektemir professional ringgdagi ilk raqibiga qarshi Kaliforniyada jang o‘tkazadi. Unda bokschimizga argentinalik Martin Fidel Rios qarshilik ko‘rsatadi. . 

Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo‘ziev 13 iyun kuni professional boksda o‘z debyut jangini o‘tkazishidan xabaringiz bor.

Ma’lumot uchun, Rios shu kungacha 46 ta jang o‘tkazgan va ularning 23 tasini o‘z foydasiga hal qilgan (13 ta nokaut). 19 ta jangda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan (4 ta nokaut). Yana 4 ta jangda durangga erishgan. 

Ushbu jang Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati kumush medali sohibi, Osiyo chempioni hisoblangan Bektemir uchun professional boksdagi birinchi bahs bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!