Bekxem 2026 yildgi jahon chempionati hisobiga 44 million yevro daromad qildi

  • 25.09.2026 16:14
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem 2026 yildgi jahon chempionati davrida 38 million funt sterling (taxminan 44 million yevro) daromad oldi. Bu mablag‘ asosan uning brendni boshqarish kompaniyasi tuzgan yirik reklamaviy shartnomalar hisobiga shakllandi. Kompaniya McDonald’s, Verizon va chipslar Lay’s brendiga ega Pepsi kabi xalqaro korporatsiyalar bilan hamkorlik qiladi. Jahon chempionati paytida ushbu brendlar reklama bloklarida keng qamrovda namoyish etildi.

Hisobotlarga ko‘ra, 2026 yilda Bekxem brendining umumiy tushumi 20 foizga oshib, 84 million funt sterlingka (97 million yevro atrofida) yetgan.

51 yoshda bo‘lishiga qaramay, Devid Bekxem hali ham yaxshi sport shaklini saqlab qolgani ta’kidlanadi. U 2013 yilda «PSJ» safida o‘ynab, professional karerasini yakunlagan. Futbolchi sifatida u to‘rt xil klub tarkibida jami 10 marta chempionlikni qo‘lga kiritgan: «Manchester Yunayted», «Real», «Los-Andjeles G‘alaksi» va «PSJ» bilan turli musobaqalarda zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!