Bekxem Kerrikning "Manchester Yunayted"dagi ishini yuqori baholadi
"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem Maykl Kerrikning jamoa bosh murabbiyi sifatidagi ish natijalariga yuqori baho berdi.
Bekxemning fikricha, mutaxassis eng avvalo futbolchilarni ruhiy jihatdan hotirjam qila oldi va uning xatti-harakatlarida o‘ziga xos nafosat ko‘zga tashlanmoqda.
"Bu kabi jihatlarning barchasi murabbiy uchun juda muhim. U jamoani qanday qilib qayta yig‘ib, uni birlashtira olgani haqiqatan ham hayratlanarli. “Yunayted” muxlisi sifatida ayta olamanki, aynan shu narsa bizga yetishmayotgan edi", — dedi Bekxem TalkSport’ga bergan intervyusida.
Maykl Kerrik "Manchester Yunayted'ni 2026 yil boshida qabul qilib olgan. Uning qo‘l ostida jamoa 10 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta o‘yinda g‘alaba qozondi, 2 ta bahsda durang o‘ynagan holda, 1 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi.
Natijada mankunianlar turnir jadvalining o‘rta qismidagi o‘rinlardan uchinchi pog‘onagacha ko‘tarilishga erishdi.
Fikrlar