Bekxem MLSda debyut qilgan jamoasi haqida gapirdi

  • 21.07.2020 21:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Inter Mayami" klubi xo‘jayini hisoblangan Devid Bekxem o‘zining instagramdagi sahifasida jamoaning kelajak rejalari haqida gapirib o‘tdi.

“Siz uzoq yo‘l bosib o‘tishingiz kerak. “Manchester Yunayted”, “Real”, La Liga va premer-liga ham bir kunda qurilib qolmagan.

Jamoa rivojlanishi va muvaffaqiyatga erishishi uchun vaqt kerak. Men jamoam va muxlislar bilan faxrlanaman”, - deydi angliyalik futbol afsonasi.

Eslatib o‘tamiz, "Inter Mayami" kecha MLS da "Nyu-York Siti"ga qarshi debyut uchrashuvini o‘tkazdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!