Bekzod Abdurahmonovning jahon chempionatidagi imkoniyati qanday?( Qisqa tahlil)

BEPUL PROPAN

Ertaga, Qozog‘istonning Nur-Sultan shahrida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati start oladi. Ma’lumki, bu sport turlari (erkin va yunon-rum kurashi) bo‘yicha erkaklar terma jamoamiz jahonda o‘z o‘rniga ega sanaladi. Shu nuqtai nazardan mazkur jahon chempionatida ham kurashchilarimizdan ijobiy natijalarni kutish mumkin. Sababi, terma jamoamiz safidan tajribali, bir qator nufuzli musobaqalarda o‘z so‘zini ayta olgan kurashchilarimiz o‘rin olgan.

44115_680

Jumladan, erkin kurash bo‘yicha yurtimiz sharafini himoya qiladiganlar orasida Bekzod Abdurahmonov, Ixtiyor Navro‘zov, Rashid Qurbonov, Jabroil Shapiev, Magomed Ibragimovlar ulkan tajribaga ega bo‘lsa, Abbos Hasanov, Hasanboy Raximov, Temirjon Usmonohunov, Jahongirmirzo Turobovlarda ishtiyoq yuqori desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

593230366

Yunon-Rum kurashi bo‘yicha gilamga chiqadigan vakillarimiz orasida shubhasiz Elmurat Tasmurodov, Rustam Assakalov , Mo‘minjon Abdullaev hamda Ilhom Baxromovlar ushbu vazn toifasidagi har qanday raqiblarga haqiqiy bosh og‘riq bo‘ladilar. Islom Baxromov, Jahongir Turdiev, Nurbek Hoshimbekov, Jalgasboy Berdimurodov, Aram Vardanyan, Mirzobek Rahmatovlar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishga qodir.

068870601

Chempionat avvalida biroz, erkin kurash bo‘yicha 74 kg vazn toifasidagi raqobatga to‘xtalib o‘tishni lozim topdim. Darhaqiqat, ushbu vazn toifasida keskin bahslar, ajoyib qarama-qarshiliklar yuzaga keladi. E’tibor bering, ushbu vaznda to‘rt karra jahon chempioni, Olimpiada g‘olibi Jordan Barrouz, ikki karra Osiyo o‘yinlari hamda Osiyo chempionati g‘olibi, jahon chempionati sovrindori Bekzod Abdurahmonov, 2018 yilgi jahon chempioni Zaurbek Sidakov, finalchi gruziyalik Avtandil Kenchadze, italiyalik uch karra Evropa chempioni Frank Chamizo, Rio Olimpiadasi bronza medali sohibi turkiyalik Soner Demirtashlar g‘oliblik uchun kurash olib borishadi. Ularga belaruslik Azamat Nurikov, mezbon Daniyar Kaysanov, eronlik Reza Afzalilar qarshilik ko‘rsatishga urinib ko‘rishsa kerak nazarimda.

Wrestling+Olympics+Day+14+nR9JVwiyL8Tx

Qiziqarli bo‘lishining yana bir sababi o‘ziga hos revansh bahslarini kuzatishimiz mumkin. Avvalgi jahon chempionatida Barrouz kutilmaganda Zaurbek Sidakovdan 1/4 finalda mag‘lubiyatga uchragandi. Sidakov finalga chiqqanligi uchun AQSh vakili o‘tish bosqichida ishtirok etib, keyinchalik bronzani qo‘lga kiritgan. Hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov ham Avtandil Kenchadzega 1/16 bosqichdayoq imkoniyatni boy bergandi. Gruziyalik kurashchi ham finalga qadar etib borganligi  uchun hamyurtimiz o‘tish bosqichida g‘alaba qozonib, bronza medali uchun kechgan kurashda ham muvaffaqiyatini davom ettira olgan. 

f_5891312471487519842

Hullas, Jordan Barrouz rossiyalik kurashchidan, hamyurtimiz esa, Avtandil Kenchadzedan revansh olish istagida yonayotgan bo‘lsa ajab emas. Albatta, bu bir tahmin holos. Aslida nima bo‘ladi, kim g‘olibu-sovrindorga aylanadi? Buni tez kunda bilib olamiz. Balki, yangi nomlar paydo bo‘lar... Buni esa, vaqt ko‘rsatadi.

Ahmadbek Eshmatov tayyoraladi.

elmurat

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!