Belarus. Shahboz Umarovning jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi
Bugun Belarus Oliy ligasida 6-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan BATE jamoasi bu tur safarda "Isloch" klubiga qarshi bahs olib bordi va 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Umarov 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Mazkur g‘alabadan so‘ng borisovliklar hisobidagi ochkolar soni 14 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Belarus Oliy ligasi. 6-tur
"Isloch" - BATE
Gollar: Komarovski (7) - Dragun (24, 57), Volodko (55), Skavish (70).
Fikrlar