Belbog‘li kurash. Polvonlarimiz jahon chempionatida 18 ta medalni qo‘lga kiritdi

BEPUL PROPAN

Joriy yilning 24-27 avgust kunlari Boshqirdiston Respublikasining Ufa shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur jahon chempionatiga puxta hozirlik ko‘rgan belbog‘li kurash bo‘yicha o‘smirlar va qizlardan iborat 34 nafar terma jamoamiz a’zolari munosib ishtirok etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, sportchilarimiz 5ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qulga kiritib, 15 ta davlat sportchilari orasida umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘rinni band etishdi. Demak, kuchli uchlikdan joy
olgan polvonlarimiz bilan tanishamiz.

Oltin medal 

45 kg. Xumoyunmirzo Bilolidinov (Andijon),
50 kg. Shuhratbek Qirg‘izboev (Andijon),
55 kg. Abbos Ahmadjanov (Namangan),
44 kg. Naimaxon Subxonalieva (Farg‘ona),
63 kg. Shodiyona Umrzoqova (Qashqadaryo).

Kumush medal

65 kg. Asilbek Tojiboev (Toshkent sh.),
+95 kg. Dostonbek Ismatilloev (Sirdaryo),
44kg. Jasmina Mamurjonova (Farg‘ona),
48 kg. Gulsanam Abdukarimova (Farg‘ona),
52 kg. Arofat Muhhammadova (Andijon),
63 kg. Feruza Yusufjonova (Namangan),
70 kg. Nilufar Isaqova (Andijon).

Bronza medal

45 kg. Samandar Burhanov (Jizzax),
71 kg. Ozodbek Abdusattorov (Farg‘ona),
77 kg. Abdukarim Toshpo‘latov (Samarqand),
52 kg. Feruza Sobirova (Namangan),
70 kg. Oydina Ergasheva (Namangan),
+70 kg Xurshidaxon Oslonboeva (Farg‘ona).

Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sport delegatsiyamiz O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligida 27 avgust kuni Toshkentga qaytib kelishdi.
Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportida sportchilarni ota-onalari va yaqinlaridan iborat keng jamoatchilik tantanalar bilan kutib olishdi. Mazkur jahon chempionatida rasmiy mehmon sifatida ishtirok etgan hamyurtlarimiz, jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek G‘aniev hamda Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi raisi Mo‘min Muratovlar ham kutib olish marosimida sportchilar va ularning yaqinlarini qutlashdi. O‘z o‘rnida ota-onalar va chempion sportchilar ham jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordamdan minnatdor ekanliklarini ta’kidlashdi.

photo_2023-08-26_23-44-20

photo_2023-08-27_21-50-59

photo_2023-08-27_16-42-59

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!