Belbog‘li kurash. Polvonlarimiz jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi

Joriy yilning 26-29 noyabr kunlari BAAning Fujayra shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. 

Quvonarlisi, mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligida terma jamoamiz ham ishtirok etib, munosib natijalarni egallashga muvaffaq bo‘lishdi. Terma jamoa bosh murabbiy Shavkat Mirzaqulov, yordamchi murabbiy Baxtiyor Turg‘unpo‘latov hamda ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Txak shogirdlari 30 dan ortiq davlatlardan 300 nafardan ortiq nomdor polvonlar ishtirokidagi jahon chempionatida umumjamoa hisobida eng ko‘p medallar bilan faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 30 noyabr kuni erta tongda Fujayra shahridan shoda-shoda medallar bilan qaytgan polvonlarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi vakillari, keng jamoatchilik tomonidan tantanali  kutib olindi. 
Quyida jahon chempionatining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing. 

Belbog‘li kurashning erkin yo‘nalishi: 
1. 57 kg. Hayotbek Kamoliddinov
1. 68 kg. Oybek Sultanov 
1.  75 kg. Kamronbek  Nomozboev 
1. 82 kg. Nusratillo Sultonboev 
1. +100 kg. A’zamjon Anvarjonov 
2. 62 kg. Abbosek Ahmadjonov 
2. 100 kg. Sarvar Ikromov 
3. 62 kg. Jamoliddin Nematullaev 
3. 68 kg. Diyorbek Polvonov 
3. 75 kg. Murodjon Hamidov 
3. 90 kg. Husniddin  Ro‘ziev 
3. 90 kg. Bekzodbek Kamoliddinov 
3.  +100 kg. O‘rinboy Abdusamotov 

Qizlar: 
1. 52 kg. Arofatxon Muhammadova 
1. 66 kg. Dilafro‘z  Mamajonova 
3. 58 kg. Manzuraoy Mo‘ydinova 
3. 76 kg. Muxlisabonu O‘ralboeva 

Klassik yo‘nalish: 
1. 57 kg. Hasanboy Urayimov 
1. 68 kg. Kamronmirzo Ismonaliev 
2. 57 kg. Nasimjon Tursunov 
2. 62 kg. Asadbek Mamataliev 
2. 68 kg. Ortiqjon Yuldoshev 
2. 75 kg. Samandar Anvarjonov  
2. +100 kg. Davronbek Abduraxmonov 
3. 82 kg. Shahzodbek Mirzayorov
3. 82 kg. Fayozbek Abdug‘afforov
3. 90 kg.  Pahlavon Umaraliev 
3. 90 kg. Bekzod Abdurahmonov 
3. 100 kg. Faxriddin Jamoliddinov 
3. +100 kg. Uchqun Xursandov. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!