Belbog‘li kurashchilarimiz Jahon chempionati va kubogida 36 ta medalni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Joriy yilning 1 noyabridan 6 noyabriga qadar Rossiyaning Qozon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha 15-17 yoshli o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida Jahon chempionati hamda kattalar o‘rtasida Jahon kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xalqaro musobaqalarda Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek G‘aniev, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulov, yoshlar bo‘yicha milliy terma jamoa bosh murabbiy Usmon Mahamatov, murabbiylar Karim Ernazarov, kattalar terma jamoasi sifatida Toshkentboy Yaxshiboev hamda belbog‘li kurash bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari to‘liq tarkib bilan ishtirok etdi.

1-3 noyabr kunlari 26 ta davlatdan 300 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etgan jahon chempionati bahslarida polvonlarimizdan Feruza Sobirova (43 kg), Quvonchbek Ermuhammedov (45 kg), Yasmina Sodiqova (52 kg), Samandar Soliev (55 kg) oltin, Jo‘rabek Mamadaliev (50 kg), O‘rolbek Sarabekov (71 kg), Fotix Po‘latov (77 kg), Javohirbek Nu’monjonov ( +95 kg), Nilufar Isoqova (+70 kg) kumush, Fozilbek Abdurahmatov (45 kg), Asadbek Ikromov (60 kg), Muhammadqodir Karimjonov (65 kg), Quvonchbek Azimov (71 kg), Shodilbek Shodilbekov (85 kg), Shoxruxbek Shodahmadov, Nafruzbek Mamayusupov (95 kg), Diyorbek Yoqubov (+95 kg) Arofatxon Muhamadova (48 kg), Gavhar Abdusobirova (57 kg), Ro‘zixon G‘anijonova (63 kg), Mehriniso Karimova (70 kg) bronza medalni qo‘lga kiritdi.

photo_2022-11-05_22-05-41

Jahon chempionati musobaqasi yakunlangach, 4-5 noyabr kunlari erkaklar va ayollar o‘rtasida Jahon kubogi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. Ushbu musobaqada ham vakillarimiz munosib ishtirok etib, yakunda klassik yo‘nalishda 1 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, erkin yo‘nalishda 1 ta kumush 6 ta bronzaga ega chiqdi. O‘tkazilgan Jahon chempionati va kubogida yurtdoshlarimizdan Miranshoh Ro‘ziev, Elmurod Abdullaev, Jamshid Egamovlar hakamlik vazifasida ishladi.

photo_2022-11-05_22-05-36

Shuningdek, Jahon kubogi doirasida Tatariston Respublikasi Sport vaziri Vladimir Leonov hamda jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek G‘aniev, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulovlar ishtirokida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, jumladan, yosh va umidli sportchilarni tayyorlashda ilmiy metodik, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish singari qator masalalarni muhokama qildi. Tashrif davomida Rustam Boboqulov Qozon shahridagi eshkak eshish sport turi bo‘yicha markaz faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Bundan tashqari Rossiya federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi sport vazirligi bilan ham hamkorlik doirasida kelishuvlarga erishildi. Unga ko‘ra, shuningdek, jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi taklifiga muvofiq, joriy yil noyabr oyining uchinchi o‘n kunligida Boshqirdiston Respublikasi sport vaziri Ruslan Xabibov boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyuradi.

photo_2022-11-06_14-09-57

photo_2022-11-06_14-09-56

photo_2022-11-06_14-31-27

Jahon kubogining tantanali ochilish marosimida jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek Abduxalilovich G‘aniev hamda Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulovga sportni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun Tatariston Respublikasi sport vazirligi tomonidan ko‘krak nishoni topshirildi. Ta’kidlash joiz, 2019 yilda Toshkent viloyati hokimligi va Tatariston Respublikasi sport vazirligi o‘rtasidagi memorandum imzolangan edi. Shu bois, 3 noyabr kuni Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulov terma jamoa tarkibidagi sakkiz nafar belbog‘li kurash bo‘yicha viloyat sportchilari bilan Tataristonga tashrif buyurgan. Musobaqalarda ishtirok etgan Toshkent viloyati sportchilaridan to‘rt nafari medallarga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!