Belgiya va Gollandiya raqiblari darvozasiga 15 ta gol urdi

  • 31.03.2021 01:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Hozirgina “JCh-2022” Evropa mintaqasi saralashining 3-turidan o‘rin olgan bir qator bellashuvlar yakunlandi.

Jumladan, Belgiya o‘z maydonida Belarusni 8:0 hisobida taslim qildi. Gollarga Mishi Batshuayi (14'), Xans Vanaken (17', 89'), Leandro Trossard (38', 76'), Jeremi Doku (42'), Dennis Prat (49') va Kristian Benteke (70') mualliflik qildi.

Yana bir o‘yinda esa Gollandiya terma jamoasi safarda Gibraltar darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi. Shu kuni gollarni Stiven Bergeys (42'), Lyuk de Yong (55'), Memfis Depay (61', 88'), Jorjino Veynaldum (62'), Doniell Malen (64') va Donni van de Bek (85') kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!