Belitsa: Olmo 30 mlnga baholanayotganida, Felishni 126 mlnga sotib olish ahmoqlik

  • 18 avgust, 2020, 15:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Dinamo” Zagreb bosh murabbiyi Nenad Belitsa yosh futbolchilar Dani Olmo hamda Joau Felishni solishtirdi: “Olmo sabr va qat’iyatli, doim ko‘p mehnat qiladigan yuqori darajadagi futbolchi. Men nima uchun grand klublar uni o‘z safiga qo‘shib olmayotganini tushunmayman. Shuningdek, uning narhi meni shokka tushirdi. Olmo 30 mln atrofida baholanayotgan bir paytda, Felishni 126 mlnga xarid qilish ahmoqlik.

Tecno

Olmo juda ko‘p jihatlari bilan Joaudan ustun turadi. “Atletiko” uning bu iste’dodini nega payqamaganiga tushunish qiyin. “Dinamo” Zagrebda o‘ynab yurgan davridayoq, Dani Felishdan yaxshiroq tanlov bo‘la olishini isbotlagandi”.

22 yoshli futbolchi Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan bahsda “Atletiko” darvozasiga gol kiritib, jamoasining keyingi bosqichga chiqishiga munosib hissa qo‘shgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!