Bellingem "el-klasiko"da asr rekordini o‘rnatdi

  • 27.10.2025 12:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem "Barselona"ga qarshi o‘yinda ham gol urishga, ham golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan XXI asrning eng yosh futbolchisiga aylanib, klub rekordini o‘rnatdi, deb yozmoqda Opta.

Angliyalik futbolchi kechagi o‘yinda 22 yoshu 119 kunligida gol va golli uzatma muallifiga aylandi. Shu tariqa, Bellingem 2023 yil aprel oyida Ispaniya kubogi doirasida "Barselona" bilan o‘yinda xuddi shunday qilgan Vinisius Juniorning rekordini yangiladi. Braziliyalik vinger o‘shanda  22 yosh-u 267 kunlik ya’ni Juddan 148 kunga katta edi.

Eslatib o‘tamiz, kechagi o‘yinda "Real" 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!