Bellingem golini nega shunday nishonladi? "Men haqiqatni bilaman"
"Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingem "Monako"ga qarshi o‘yinda gol urgandan keyingi nishonlanishiga izoh berdi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-turida "Real" "Monako"ni 6:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvning 80-daqiqasida gol urgan Bellingem uni nishonlar ekan, g‘oya ryumkadan ichimlik ichayotgandek ishora qildi. Avvalroq ispaniyalik bloger "AuronPlay" angliyalik futbolchida alkogol bilan bog‘liq muammolar borligini aytgan edi.
"Odamlar har xil gapiradi. Buning uchun yig‘lash ham, xursand bo‘lish ham mumkin. Men muxlislarga javob qaytardim. Haqiqatni esa o‘zim bilaman", — dedi Bellingem.
Shuningdek, u "Santyago Bernabeu"da muxlislar tomonidan ayrim futbolchilarga nisbatan bo‘lgan yutuqlar haqida ham fikr bildirdi:
"Men doim aytaman: muxlislar butun hafta ishlaydi, bu yerga kelish uchun pul to‘laydi va istagan reaksiya bildirishga haqli.
Vinisius esa o‘zini a’lo darajada ko‘rsatdi. Men unga hech qachon shubha qilmaganman. Uni qo‘llab-quvvatlashsa, u yanada porlaydi. Muxlislar mehrini his qilganida, u yangi darajaga chiqdi", — dedi Bellingem "TNT Sports" efirida.



Fikrlar