Bellingem maydonda maqsadsiz yugurib yuribdi
Uning fikricha, jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoga angliyalik futbolchi maydonda maksimal foyda keltirishi uchun unga mos pozitsiya topish lozim.
Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Ipolito Rinkon hozirgi jamoa tarkibidagi eng qimmatbaho oʻyinchilardan biri Jud Bellingemning oʻyinini tanqid qildi.
- Jud Bellingem maydonda maqsadsiz yuguryapti. Xabiga uning oʻz pozitsiyasiga qaytarishi kerak, - dedi Rinkon Marca gazetasiga bergan intervyusida.
23 yoshli angliyalik futbolchi “Real”ga 2023 yilning yozida Dortmundning “Borussiya” klubidan 127 million yevro evaziga oʻtgan. Ayni paytda uning bozor qiymati 160 million yevroga baholanmoqda.
Fikrlar