Bellingem "Real" rahbariyatidan yarim himoyachi sotib olishni so‘rayapti
Madridning "Real" klubi havbeki Jud Bellingem klub rahbariyatidan hamyurti va "Kristal Pэlas" yarim himoyachisi Adam Uortonni sotib olishni so'radi. Bu haqida E-Notícies xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 21 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar" uchun "ideal kuchaytiruvchi" bo'lardi, chunki u Bellingemni himoyaviy vazifalardan ozod qiladi, shuningdek, jamoada avlodlar almashinuvini amalga oshirishga yordam bergan bo'lardi.
Ta'kidlanishicha, "Kristal Pэlas" Uortonni 80 mln evrodan kamiga sotmaydi.
Joriy mavsumda Uorton barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 60 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar