
Bellingem "Real"ga o‘tmoqchi, ammo ...
"Borussiya" yarim himoyachisi Jud Bellingem "Real"ga o‘tishni xohlayapti.
AS nashrining yozishicha, angliyalik futbolchi kelajagi borasida bir qarorga kelgan, u faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi. Tez orada Jud "qirollik klubi"ga rozilik beradi.
Futbolchidan rozilik olgach, Madrid klubi rahbariyati dortmundliklar bilan muzokaralarni boshlaydi. Bellingem transferi "Real" uchun asosiy maqsad bo‘lishiga qaramay, klub 19 yoshli futbolchiga 120 million evrodan ko‘p taklif qilmaydi. Agar "arilar" bu summaga rozi bo‘lmasa, "qaymoqranglilar" transferdan voz kechadi.
Ma’lumot uchun, yarim himoyachi joriy mavsum 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 6 golga assistentlik qilgan.
Fikrlar