
Bellingem Ronalduning izidan ketmoqda
Ispaniya chempionatining ikkinchi turida “Real” Jud Bellingemning dubli va bitta assisti evaziga “Almeriya”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Angliyalik hujumkor futbolchi dastlabki turda “Atletik” darvozasini ishg‘ol qilib, madridliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shgan edi.
Shu tariqa, Jud Bellingem Krishtianu Ronaldudan keyin “Real” safida Ispaniya chempionatining dastlabki ikkita uchrashuvida raqib darvozasini ishg‘ol qilgan futbolchiga aylandi.
Portugaliyalik yulduz 2009 yili La Ligadan ilk ikki uchrashuvida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan edi.
20 yoshli Bellingem uchun madridliklar “Borussiya Dortmund” klubiga 103 million evro to‘ladi. Jud klub bilan da 2029 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga imzo chekkan.
Fikrlar