"Benfika" "Real"ga qarshi oʻyindagi irqchilik va tartibsizliklar uchun jazolandı
UEFA intizom qo‘mitasi Lissabonda bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan "Benfika" va "Real Madrid" o‘rtasidagi bahs yakunlari bo‘yicha qaror chiqardi. Unga ko‘ra, portugal klubi muxlislarining xatti-harakatlari uchun moliyaviy va ma’muriy jazolarga tortildi.
Jami jarima miqdori 48 ming evroga teng bo‘ldi. Shundan 40 ming evro — tribunalarida irqchilik va kamsitish holatlari uchun jazo sifatida belgilangan. Qo‘shimcha ravishda klubga yaqinlashib kelayotgan evrokubok uy o‘yini uchun 500 ta chipta sotish taqiqlandi. Yana 8 ming evro muxlislar tomonidan lazer ko‘rsatkichlardan foydalanilgani uchun jarima qilindi.
Ma’lumot uchun, 17 fevral kuni Lissabonda bo‘lib o‘tgan uchrashuv "Real"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Yagona golni Vinisius Zhunior kiritgan bo‘lib, uning goldan keyingi nishonlashi tartibsizliklarga sabab bo‘ldi. Braziliyalik forvard tribunalar tomon provokatsion ishoralar qildi va shundan so‘ng irqchilik haqoratlariga duch keldi. U bu haqida darhol bosh hakamga xabar bergan.
Fikrlar