
Benites: "Men “Real”dan Ronaldu tufayli ketmaganman"
Rafael Benites o‘z vaqtida Krishtianu Ronaldu bilan kelishmovchiliklar bo‘lgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Bu haqda u MBC Masr 2 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
– Bu noto‘g‘ri. Men “Real”ni Ronaldu tufayli tark etganim haqidagi gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Oramizda hech qanday kelishmovchilik bo‘lmagan. U – buyuk futbolchi va haqiqiy fenomen.
– Men jamoani tark etdim, chunki klub ichida muayyan muammolar bor edi. Lekin ular Ronaldu bilan hech qanday bog‘liq emasdi" – deya qo‘shimcha qildi Benites.
Rafael Benites “Real Madrid” bosh murabbiyi sifatida 2015 yildan 2016 yilgacha ishlagan. Uning o‘rnini keyinchalik Zinedin Zidan egallagan edi.
Fikrlar