Bentankurga Angliyaning ikki klubi qiziqmoqda

  • 12.12.2022 22:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

“Tottenxem” futbolchisi Rodrigo Bentankurni “Liverpul” va “Manchester Yunayted” klublari kuzatib bormoqda, deya xabar bermoqda “Fichajes” nashri.

Urugvaylik yarim himoyachi London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. U ushbu mavsum barcha chempionatlarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 gol va 2 ta assist amalga oshirdi.

Manbaning ta’kidlashicha, ushbu transfer taxminan 40 million evroga tushadi. 2021 yilda futbolchi uchun “Tottenxem” 19 million evro sarflagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!