
Benua Sen Deni navbatdagi jangini braziliyalikga qarshi o‘tkazadi!
UFC shu yilning 28 sentyabr kuni Parijda turnir o‘tkazadi.
Ushbu turnirda mezbon jangchi Benua Sen Deni braziliyalik Renato Moykanoga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Bu haqda "MMA Junkie" portali xabar berdi. Musobaqa Parijdagi Akkor arenada o‘tkaziladi.
Ma’lumot o‘rnida, Sen Deni (13-2) oxirgi jangini shu yilning mart oyida o‘tkazgan va unda Dastin Porega ikkinchi raundda nokautga uchragan.
Moykano (19-5-1) esa aprel olyida Jeylen Tyornerni nokautga uchratdi. Renato uchta jangdan iborat g‘alabali seriya qayd etib kelmoqda.
Fikrlar