Benzema hazili bilan Ronalduni jahli­ni chiqardi

  • 10.02.2026 18:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Hujumchi Karim Benzema "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Al-Hilol"ga o‘tganidan keyin Saudiya Arabistoni chempioni bo‘lgani haqidagi hazili bilan portugalialik yulduzning jig‘iga tegdi. The Telegraph xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi transfer yakunlangach, "Real"dagi sobiq jamoadoshiga xabar yuborgan.

"An-Nasr"da o‘ynayotgan Ronaldo qishki transfer oynasida jamoasi kuchaymaganidan norozi bo‘ldi, "Al-Hilol" esa Benzemani o‘z safiga qo‘shib oldi.

Fransuz Ronaldoga nafaqat maoshiga qo‘shimcha haq olgani, balki yana chempion bo‘lishi haqida xabar yozdi, - deyiladi manbada. Bu chempionlikka intilayotgan Ronaldoga yoqmagani aytilmoqda. Ayni paytda "Al-Hilol" Saudiya Pro-ligasida 50 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda va "An-Nasr"ni atigi 1 ochkoga ortda qoldirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!