Benzema jamoa tanladi, lekin yo‘li to‘silgan
Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Karim Benzema faoliyatini Germaniyaning “Bayer” klubida davom ettirishni istamoqda.
Jurnalist Ilies Qadduri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, futbolchi va klub o‘rtasida aloqa o‘rnatilgan va fransuz futbolchisi transferga katta qiziqish bildirgan.
Manbaga ko‘ra, Benzema leverkuzenliklarning loyihasini sobiq jamoadoshlari Mussa Diabi va Lukas Vaskes bilan muhokama qilgan. Ma’lum qilinishicha, ehtimoliy transferga futbolchining Saudiya Arabistoni elchisi sifatida imzolagan shartnomasi to‘sqinlik qilmoqda. Ushbu shartnoma 2030 yilgacha amal qiladi.
38 yoshli futbolchining agentlari ushbu shartnoma shartlarini yumshatish maqsadida muzokaralar olib bormoqda. Benzema qishda “Al-Ittiҳod”dan “Al-Hilol”ga o‘tgan, yozda esa klub bilan shartnomani bekor qilib, erkin agent maqomida tark etgan.

Fikrlar