Benzema o‘rniga 10 ta hujumchi

  • 3 aprel, 2023, 18:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumchisi Karim Benzemaning faoliyati qanday davom etishi hozircha noma’lum. 35 yoshli futbolchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganidan keyin o‘yinida barqarorlik etishmay qoldi. Bir yorqin o‘ynasa, bir necha uchrashuvlarda ko‘rinmay qolyapti. Jarohatlarga moyil bo‘lib qolgani ham bor gap. 

Tecno

Madridliklar ayni damda frantsiyalik futbolchiga munosib o‘rinbosar qidirmoqda. Jurnalistlar “Real” olishi mumkin bo‘lgan hujumchilar imkoniyatini o‘rganib chiqdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Real”da to‘p tepishga birinchi navbatda Kilian Mbappe va Erling Xoland munosib. Biroq, Mbappe xarakteri og‘irligi jihatidan madridliklarga mos tushmasligi ehtimoli katta.

Ideal variant sifatida Germaniya va Angliyada to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan Erling Xoland tilga olinmoqda. Norvegiyalik yulduzning ham “Real”da o‘ynash niyati yo‘q emas.

Shuningdek, “Qirollik klubi” Karim Benzemaga o‘rinbosar sifatida Harri Keyn, Viktor Osimxen, Dushan Vlaxovich, Rafael Leau, Gonsalu Ramush, Romelu Lukaku, Lautaro Martines, Randal Kolo-Muani kabi hujumchilardan birini tanlashi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!