Benzema o‘rnini Messining “shogirdi” egallaydi

  • 4 mart, 2023, 21:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati jamoaning asosiy to‘purari Karim Benzemaning o‘rnini bosa oladigan hujumchi qidirishda davom etmoqda.

Tecno

Goal.com saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, madridliklar bu pozitsiyaga “Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvaresni olib kelmoqchi. 23 yoshli futbolchi Argentina terma jamoasida Lionel Messining o‘rinbosari hisoblanadi.

Qatardagi jahon chempionatida Alvares Messi bilan elkama-elka o‘ynab, o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi.

Uning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. “Qirollik klubi” bu transfer uchun 50 million evrodan ko‘proq xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!