Benzemaga Angliya superklublaridan ish chiqdi

  • 15 yanvar, 2024, 21:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi hujumchisi Karim Benzema faoliyatida keskin o‘zgarish bo‘lishi mumkin.

Tecno

Frantsiyalik forvardning klub rahbariyati bilan ziddiyati kuchayib bormoqda. Hujumchi mashg‘ulotlar bazasiga bormagan va bosh murabbiy Marselo Gallardo uni Dubayda tashkil etilgan yig‘inga jalb etmay, jamoadan chetlatgan.

Benzema “Al-Ittihod”ga kelganidan beri 24 ta uchrashuvda 15 ta gol urdi. Biroq katta maosh olayotgan futbolchi jamoasi ettinchi o‘rinda borayotgani uchun qattiq tanqid ostiga olinyapti. Bu holat doim hurmat va e’tiborda bo‘lgan to‘purarga yoqmayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, Benzemaning atrofida yuzaga kelgan vaziyatdan Angliya Premer-ligasi klublari foydalanib qolishga harakat qilmoqchi.

36 yoshli forvardni “Arsenal”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted” kabi superklublar o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Bu klublarning bari tajribali futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!