Benzemaga nisbatan qamoq jazosi qo‘llanildi

  • 24.11.2021 15:23
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Versal jinoiy sudi frantsiyalik sobiq yarim himoyachi Mate Valbuenaning shaxsiy videosini tarqatishda vositachilik qilgani uchun Karim Benzemani aybdor deb topdi. 

Karim shartli ravishda bir yillik qamoq jazosi va 75 ming evro jarimaga tortildi. Bu unga nisbatan chiqarilgan maksimal qaror. 

Qayd etish joiz, Benzema Valbuenani shaxsiy hayotiga doir videosini tarqatmoqchi bo‘lgan jinoiy to‘daga pul to‘lashga undaganlikda gumon qilingan. 

Bu holat tufayli ikki o‘yinchi ham Evro-2016 turnirini o‘tkazib yubordi. "Real" forvardi 2021 yilga qadar termaga chaqirilmadi va 2018 yilda Jahon chempionatida ham ishtirok etmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!