Benzemaning dubli "Real"ga g‘alaba taqdim etdi
La Liga 21-turidan o‘rin olgan "Atletik" - "Real" o‘yini yakuniga etdi. Mazkur uchrashuvda "qirollik klubi" 2:1 hisobida zafar quchdi.
4-daqiqada Benzema hisobni ochdi. Ko‘p o‘tmay uning o‘zi oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 10-daqiqada Sanset farqni qisqartirdi va o‘yinda boshqa to‘p kiritilmadi.
Ushbu natijadan so‘ng "qaymoqranglilar" hisobidagi ochkolar soni 46 taga etdi. Ayni damda ular La Liga turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. 24 ochkosi bor "Atletik" esa 10-o‘rindan joy olgan.

Fikrlar