Bergkamp zamonaviy ideal hujumchilarni sanadi

  • 10.02.2026 23:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Arsenal"ning sobiq hujumchisi Dennis Bergkamp zamonaviy futboldagi ideal markaziy hujumchilar haqida fikr bildirdi.

"Hozirgi kunda ideal hujumchilar — o‘z vaqtida Marko van Basten bo‘lgani kabi — Harri Keyn va Robert Levandovski.

Levandovski hozir shunday yoshdaki, doim ham hammasi o‘xshayvermaydi, ammo bu ikki futbolchi fenomenal darajada o‘ynadi. Shuningdek, Karim Benzema ham. Men yosh hujumchilarni aynan uning maydondagi harakatlari misolida o‘qitar edim. Bu juda ajoyib edi. Men yoshlar jamoalarida ishlaganimda, uning ochilishlari va yugurishlarini hujumchilar ongiга singdirishga harakat qilardim, chunki uning harakatlari haqiqatan ham hayratlanarli edi", — dedi Bergkamp.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!