Berluskoni aql bovar qilmas transferlar haqida gapirdi

"Montsa" klubi rahbari Silvio Berluskoni "Milan"ning sobiq a’zolari Zlatan Ibragimovich va Kaka bilan shartnoma imzolashga uringanini aytib o‘tdi.

"Ularni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan edik, ammo futbol bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli, bu fikrdan voz kechishga majbur bo‘ldik.

Bunday savollarga javob beradigan bo‘lsam, hech qachon "hech qachon" demang," - dedi Berluskoni Tele Lomardia efirida.

Ma’lumot uchun, "Montsa" klubi tarixda ilk bor Italiyada daraja jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi ligaga ko‘tarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!