Berluskoni: "Milan"ni menga qaytaring!
"Milan" sobiq rahbari Silvio Berluskoni "rossenorilar"ni yana o‘z joyiga qaytarish uchun rahbariyat almashishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
"Hamma bilgan o‘sha kuchli "Milan"ni qaytarish mumkinmi? Albatta, bu oson va o‘z navbatida qiyin! Siz shunchaki Silvio Berluskonini qaytaring."
Shuningdek Silvio "San-Siro"ning ta’mirlanishi haqida ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Bu zamonaviy va chiroyli stadion bo‘ladi. Bizga "San-Siro" juda yoqadi, chunki bu erda barcha kuboklarga ega chiqqanmiz. Uni buzib tashlamasliklariga umid qilaman. Agar kerak bo‘lsa ularga "Monse"ni berishga ham tayyorman" - deydi Berluskoni.

Fikrlar