Bernardu Silva “Barsa”ga o‘tadimi? Futbolchi javob berdi

  • 21 iyul, 2022, 12:46
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva ingliz klubini tark etishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

“Hozir men uchun eng muhimi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish. Hozircha men "shaharliklar" a’zosi hisoblanaman va ular uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. Muxlislar va jamoadoshlarim bilan munosabatlarim yaxshi. Ketish haqida o‘ylaganim yo‘q”, - deb portugaliyalik futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Sky Sports”.

Avvalroq OAVda Kataloniyaning “Barselona” portugaliyalik yarim himoyachiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bernardu "Manchester Siti" sharafini 2017 yildan beri himoya qilib kelmoqda. U “Siti”ning barcha musobaqalar doirasidagi 249 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 48 gol va 50 golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!