
Bernardu Silva “Barsa”ga o‘tmoqchi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva yozgi transfer oynasida "Barselona"ga o‘tishga tayyor, deya xabar beradi jurnalist Ben Jeykobs.
Manbaning xabariga ko‘ra, 28 yoshli portugaliyalik transferga rozilik bergan, ammo klublar kelishuv bo‘yicha hozircha kelisha olmayapti.
Qayd etilishicha, “shaharliklar” yarim himoyachini taxminan 65 million funt sterlingga sotishga rozi bo‘lishadi.
Shu bilan birga, Bernarduning o‘zi Kataloniya klubiga o‘tish istagiga qaramay, “Man Siti”ni majburlamaydi.
Bernardu o‘tgan mavsum “Manchester Siti”ning barcha turnirlar doirasidagi 50 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobida 13 ta gol h va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar